Avtomobil tirkamasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomobil tirkamasi – yuk avtomobiliga tirkaladigan bir, ikki yoki koʻp oʻqli dvigatelsiz arava. Odam va yuk tashiydigan hamda maxsus Avtomobil tirkamasi boʻladi. Odam tashiydigan Avtomobil tirkamasi avtobuslarga tir-kaladi. Yuk Avtomobil tirkamasining borti platformali va ma’lum yukni tashishga moslashtirilgan xillari boʻladi (mas, furgon, samo-sval – agʻdarma, refrijerator, ogʻir yuk tashuvchi va hokazo). Maxsus Avtomobil tirkamasi oʻziga oʻrnatilgan mashina, apparat yoki usku-na yordamida biron ishni bajarishga moʻljallanadi (Avtomobil tirkamasi ustaxona, avtolav-ka (koʻchma doʻkon), kompressorli uskuna (A.t-uy va boshqalar). Bir oʻqli Avtomobil tirkamasi kupi bilan 2 t, ikki oʻqli Avtomobil tirkamasi 3–12 t gacha, ogʻir yuk 137tashiydigan ikki va undan koʻp oʻkli Avtomobil tirkamasi esa 60 t gacha yuk koʻtaradi. Ikki oʻqli Avtomobil tirkamasi gidravlik, pnevmogidravlik, pnevmatik va hokazo tor-mozlar bilan jihozlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil