Kontent qismiga oʻtish

Avtomobil kran

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomobil kran, avtokran – avtomobil shassisiga oʻrnatiladigan yuk ortish-tushirish mashinasi. Ish organi burilma strela (quloch)dan iborat. Qurilish-montaj, donali yuklarni ortish-tushirish ishlarida qoʻllanadi. Ish organi elektr va suyuqlik kuchidan yoki avtomobil dvigatelidan harakatlantiriladi. Avtomobil kran 15 t gacha yukni koʻtara oladi, strelasining qulochi 2 – 12 m, yukni 20 m gacha yuqoriga koʻtaradi. Avtomobil kranning turgʻun boʻlishini taʼminlovchi qoʻshimcha tiraklari (autrigerlari) bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil