Avtomatlashtirilgan kutubxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

AVTOMATLASHTIRILGAN KU-TUBXONA – o‘zaro bog‘langan kom-pyuterlashgan avtomatik tizim. Asosiy vazifalari: kutubxonadagi barcha kito-blar, jurnallar va boshqa hujjatlarni to‘la qayd qilish; klassifikator bo‘yicha in-dekslar qo‘yish; bibliografik qidirish; tanlab olingan kmtoblarming referatlarini ko‘rib chiqish; kutubxonaga a’zo bo‘lganlarni ro‘yxatga olish; buyurtmalarni ro‘yxatlashtirish; katalog va kar-tochkalarni hamda qayta ro‘yxatga olish varaqalarini bosmadan chiqarish, ki-toblarni abonentlarga berish va qabul qilishni qayd qilish, muddatlarni cho‘zib berish; moliyaviy hisobotlar; yangi kito-blarni ro‘yxatga olish va holatini ku-zatish; markazlashtirilgan buyurtmalar berish; kutubxonaga tushgan hujjatlarni doimo kuzatib borish va boshqa Avtomatlashtirilgan kutubxonada elek-tron kataloglarni tuzish va yaratish dast-labki qadam bo‘lishi zarur. Bu vazifalarni bajarish uchun Avtomatlashtirilgan kutubxona ma’lumotlar bazasi kamida 1 mln. yozma ma’lumotga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.Avtomatlashtirilgan kutubxonada bir-biri bilan bog‘langan kom-pyuterlar tizimidan foydalaniladi. Avtomatlashtirilgan kutubxonaning ichki kompyuter tizimi boshqa shahar va davlatlarning o‘xshash kutub-xonalariga aloqa zanjirlari orqali bog‘lanadi. Natijada yangi axborotlarni tezkor usullarda uzatish, qabul qilib olish, saqlash va ularga ishlov berish imkoni mavjud bo‘ladi. Avtomatlashtirilgan kutubxonada elektron kataloglar; turli sohalarga doir axbo-130rot bazalari va banklari; elektron kata-loglarning bosma ko‘rinishida tayyorlangan analoglari; har oyda va yil choragida chiqariladigan sohalararo adabiyotlar ko‘rsatkichi; maxsus elektron jurnallar va boshqa tashkil qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil