Avtomatlar nazariyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomatlar nazariyasi – na-zariy kibernetikaning bir qismi; turli diskret axborotlar oʻzgartirgichlarini tekshiradi. Abstrakt (mavhum) avtomat va avtomatlar kompozitsiyasi tushunchalari Avtomatlar nazariyasining asosiy tushunchalaridir. Abstrakt avtomat tushunchasi qurilmani axborotlarni qayta ishlash algoritmi nuqtai nazaridan, avtomatlar kompo-zitsiyasi tushunchasi esa uning boshqa qurilmalardan qanday yasalganligi nuqtai nazaridan tavsiflashga imkon beradi. Avtomatlar nazariyasi bir necha boʻlimdan iborat. Diskret qurilmalar va hisoblash mashi-nalarini loyihalashda, algoritmlar na-zariyasida, mat. va kibernetikaning hozirgi zamon nazariyasida, programmalash na-zariyasida Avtomatlar nazariyasi ning ahamiyati katta (qarang Avtomatik boshqarish nazariyasi, Kiber-netika).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil