Avtomatik tutashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avtomatik tutashtirish (kosmonavtikada) – kosmik apparatlar orbitaga alohida-alohida chiqarilgandan so‘ng ularni avtomatik usulda ulash. Kosmik apparatlarni orbitada ta’mir-lash, kosmik stansiyalarni orbitada yig‘ish, yonilg‘i, yordamchi jihoz va raketalar bilan ta’minlash, avariya holatlari yuz ber-ganda kosmonavtlarni qutqarish va boshqalarga imkon beradi. Avtomatik tutashtirish texnik jihatdan juda murakkab ish bo‘lib, kosmik apparatlar orbitaga chiqarilganda ularning orbita tekisliklari ustma-ust tushishini, apparatlarning bir-biriga qattiq urilib ketmasligini, bir-biriga tomon juda 129aniq va ohista yo‘naltirilishini ta-lab qiladi. Bu ishlar Yerdagi maxsus stansiyalardan yoki kosmonavtning boshqarish pultidan boshqarib turiladi. Dunyoda birinchi marta 1967 yil 27 va 30 oktabrlarda uchirilgan Yer sun’iy yo‘ldoshlari – "Kosmos-186" va "Kosmos-188" avto-matik tarzda ulandi. Ular ulangan holda 3 yarim soat davomida Yer atrofida ikki marta aylanib chiqqandan so‘ng yana aj-ratilib,-31 oktabrda "Kosmos-186" Yerga qo‘ndirildi. Keyinchalik "Soyuz", "Salyut" va amerika "Apollon" dasturidagi kosmik kemalar tutashtirildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil