Avtomatik rostlagich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avtomatik rostlagich – bi-ron bir ob’ektning ish maromini (mas, stanokning tezligini) avtomatik tarzda rostlab turadigan qurilma. Avtomatik rostlagich ob’ektga va rostlovchi organga ulanadi. U quyidagi qismlardan iborat: 1) qabul qiluvchi organ; rostlanuvchi para-metr miqdrrining o‘zgarishini sezadi; 2) oraliq zveno; qabul qiluvchi qism harakatini kuchaytirib yoki o‘zgartirib, ma’lum qonuniyat asosida ijro etuvchi organga uzatadi; 3) ijro etuvchi organ; rostlovchi organga ta’sir etadi. Rostla-nuvchi parametrga qarab bosimni, temperaturani, namlikni, tezlikni, kuchlanishni, cha-stota va boshqalarni rostlovchi Avtomatik rostlagich lar bo‘ladi. Ijro etuvchi organining harakatlanish usuliga qarab Avtomatik rostlagich mexanik (shu jum-ladan, gidravlik, pnevmatik) va elektr xillarga ajraladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil