Avtomatik payvandlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avtomatik payvandlash, avtomatik elektr yoyli payvandlash – asosiy jarayonlari mexanizatsiyalashgan elektr yoyli payvandlash. Bunda elektrodni yoyga yaqinlashtirish, yoyni payvandlash chizigi bo‘ylab surib turish ishlari odam ishtirokisiz bajariladi. Avtomatik payvandlashda elektr yoyda suyuqlanadigan elektrodsim ish-latiladi. Suyuqlanmaydigan volfram elektrod bilan Avtomatik payvandlash usuli ham mavjud, yax-lit elektrod o‘rniga ichiga temir kukuni, legirlovchi va flyus hosil qiluvchi aralashmalar to‘ldirilgan naychadan iborat elektrodlardan ham foydalaniladi. Avtomatik payvandlash flyus va himoya gazlari ostida amalga oshiriladi. Agar elektrodni yoyga yaqinlashtirish jarayonini mexanizatsi-yalashtirib, yoyni surib turish jarayoni qo‘lda bajarilsa, bunday Avtomatik payvandlash yarim avto-matik payvandlash deb ataladi. Avtomatik payvandlash pay-vandlash kallagi va payvandlash traktori yordamida bajariladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil