Avtomatik nusxalash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomatik nusxalash – avto-matik qurilma yordamida namuna, model, andaza yoki chizmadan nusxa koʻchirib buyum yasash. Avtomatik nusxalash murakkab shaklli buyumlarni, mas, eshkak vintlarini, kema va samolyotlarning shakldor qismlarini, shtamp va boshqalarni yasashda qoʻllaniladi. Avtomatik nusxalash maxsus 128nusxalash stanoklari, frezerlash-nus-xalash stanoklari va avtomatik agre-gatlarda bajariladi. Namuna, model yoki andazaning nusxasi ishlanayotgan buyumga mexaniq gidravlik, pnevmatik yoki elektrik kuzatish tizimi yordamida koʻchiriladi. Bu tizim namuna, model yoki andaza konturi (qiyofasi) boʻylab yuradigan qabul qiluvchi qurilma (datchik) dan, shu datchikning vaziyatlarini uzatuvchi kuchaytirgichdan va buyumga datchik koʻchirayotgan nusxa shaklida ishlov beradigan mexanizmni boshqaruvchi ser-vomotordan iborat. Chizma nusxasi ish-lanayotgan buyumga fotoelektrik datchik yordamida koʻchiriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil