Avtomat telefon stansiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomat telefon stansiya (ATS) — telefon abonentlari o‘rtasida (odamning ishtirokisiz) telefon aloqasi o‘rnatishga imkon beradigan mexanizm va asboblar majmui.

Elektromexaniq elektron va mexanik-elektron xillarga bo‘linadi. Shahar telefon tarmoqlari, asosan, elektro-mexanik ATS lar yordamida quriladi. ATSning hajmi (unga ulangan telefon liniyalari soni) o‘ndan bir necha ming-gacha raqamli bo‘lishi mumkin. 1000000 rakamli ATSga ulangan abonentlar 100 ta kichik va 10 ta katta guruhga bo‘linadi. Har bir abonent liniyasiga 1000 dan 999 gacha rakam beriladi. Chaqirayotgan abonent o‘z telefon apparatining raqam tergichi yordamida chakirilayotgan abo-nent telefon raqamini terib, ATS as-boblarining ishini boshqaradi. Raqam tergichdan chiqayotgan tok impulslari ATSga uzatiladi va ularning ta’sirida stansiya asboblari murakkab ish jarayoniga o‘tadi, chaqirilayotgan raqamli apparatga ulangan aloqa liniyasini topib, bu appa-rat bo‘sh yoki band ekanligini aniqlaydi; agar kerakli apparat bo‘sh bo‘lsa, stansiya asboblari unga chaqirish signallarini yuboradi, agar band bulsa, bu hakda cha-kirayotgan abonentga tegishli signallar orqali xabar beradi, suzlashuv tugagach, stansiya asboblari abonentlar liniyalarini yana uzadi.Chaqirilayotgan abonent liniyasini topish uchun qidirgichlar deb ataladigan asboblardan foydalaniladi (rasmga k,.). Kontakt maydonida 10 ta qator bulib, ularning har qaysisida 10 ta kontakt bor (shuning uchun qidirgich "dekadali" deb ataladi; yun. dekas — 10 ta so‘zidan olingan). Harakatlantiruvchi mexanizm cho‘tkalar mahkamlangan o‘q, ko‘ndalang va bo‘ylama tishlari bo‘lgan baraban hamda ikkita — kutaruvchi va aylantiruvchi elektr magnitdan iborat. Raqam tergich-da terilgan birinchi rakam impulsla-ri ta’sirida ko‘taruvchi elektr magnit o‘z magnitini tegishli marta tortadi va uning tirakchasi barabanning ko‘ndalang tishlaridan biriga taqalib, o‘qni va, demak, cho‘tkani shuncha qadamga ko‘taradi (qidirgich nomidagi "qadamli" so‘zi shundan kelib chiqqan). Ikkinchi raqam impulslari ta’sirida aylantiruvchi elektr magnit xuddi shu tariqa chutkani buradi, mas, agar 73 raqami terilsa, ku-taruvchi elektr magnit cho‘tkani 7 qatori qarshisiga, aylantiruvchi elektr magnit esa kontaktni 3 katori qarshisiga to‘g‘ri keltiradi.Bitta dekada-qadamli qidirgich 100 abonentli (100 dan 99 gacha) ATSga xiz-mat ko‘rsatishi mumkin.Katta sig‘imli (ko‘p raqamli) ATSda ulash jarayoni murakkabroq, unda bit-ta emas, ketma-ket ulangan bir nechta qidirgich qatnashadi. Agar ATSga 100 dan 1000 gacha abonentlar ulangan bulsa, ular uch qiymatli raqamga ega bo‘ladi. Birinchi raqam terilganda birinchi qidirgich ko‘tarila boshlaydi (uning kon-taktlariga abonentlar liniyalari o‘rniga boshqa qidirgichlar ulangan bo‘ladi, bu qidirgichlarning kontaktlariga esa te-gishli yuzliklardagi abonentlarning liniyalari ulanadi). Birinchi raqam te-rilib, raqam tergich diski dastlabki vaziyatiga qaytgach, birinchi qidirgich 125cho‘tkalarining ikkinchi harakati boshla-nadi. Chutka to bush yuzliklar qidirgichi liniyasida to‘xtagunga qadar avtomatik tarzda harakatlanaveradi. Ikkinchi va uchinchi raqamlar terilganda ikkinchi qidirgich cho‘tkalari chaqirilayotgan abo-nent liniyasini topadi.Ma’lum abonentlar guruhi qidirgichini topish uchun xizmat qiladigan qidirgich guruh qidirgichi deb ataladi. Mac, 10000 abonentli AT-Sga ikkita guruh qidirgichi ketma-ket ulanishi kerak. Ulardan biri birinchi raqamni terganda, ikkinchisi esa ikkin-chi raqamni terganda ishlaydi. Guruh qidirgichlari sonini oshirgan sari is-tagancha ko‘p abonentlar orasida aloqa o‘rnatishga imkon tug‘ilaveradi.Hozirgi vaqtda ancha takomillashgan — koordinatali ATS keng tarqalgan. Ular-da qidirgich vazifasini koordinatali ulagich bajaradi. Bunday qidirgichning asosi koordinatalar to‘ri bo‘lib, u bir necha ayqashuvchi tik (vertikal) va yotiq (gorizontal) yo‘llar (koordinatalar)dan iborat. Bu yo‘llar elektr magnit ta’sirida o‘z o‘qi atrofida ma’lum bur-chakka burila oladi. Yo‘llar tutashgan nuqtalarda kontakt guruhlari joylash-gan: ayqashuvchi yo‘llar burilgan paytda kontaktlar tutashib, abonentlar liniya-larini ulaydi.Mikroelektronika rivojlanishi munosabati bilan kvazielektron ATSlar ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda (kvazielektron so‘zidagi lot. "kvazi" — "go‘e" so‘zi elektron stansiyalar haqida gap ketayotganligini bildiradi). Bun-day ATS larda abonentlar liniyala-rini ulash ishlarini maxsus elektron hisoblash mashinalari boshqaradi. Bun-day stansiyalarda mikroelektronika ele-mentlaridan keng foydalaniladi. Bu esa stansiyani yig‘ishni osonlashtiradi va tezlashtiradi, stansiya egallaydigan joyni ancha tejaydi va uning puxta ishlashini ta’minlaydi. Ammo bunday stansiyalarda chaqiradigan va chaqiriladigan abonent-lar liniyalari kontakt plastinalar yor-damida ulanadi. Shu bois ATS tamomila elektron ATS emas, balki kvazielektron ATS deb yuritiladi. Bu kontakt plasti-nalar inert gaz to‘ldirib kavsharlangan mitti shisha kolbaga joylashtiril-gan; plastinalar kolbaga mahkamlangan elektr magnit chulg‘ami hosil qiladigan magnit maydon ta’sirida tutashadi. Bun-day qurilmalar gerkon (germetiklangan kontaktlar, rasmga q.) deb ataladi. Ular mikroelektronika elementlari kabi tez ishga tushadi. Hozir tuliq elektron ATS ham ishlab chiqilmoqda va amalda joriy qilinmoqda. Ularda ulashlarni boshqarish ham, ulashlarning o‘zi ham elektron tarzda yuz beradi.Shahar ATS va shaharlararo avtoma-tik telefon stansiyalari (SHATS) mavjud. SHATSning qidirgichlaridagi kontakt maydoniga abonentlar liniyalari emas, turli shaharlarni bir-biriga ulov-chi ko‘p kanalli tizimlarning kanal-lari ulanadi. Boshqa shahardagi abo-nentni chaqirayotgan abonent ma’lum raqamni (mas, 8 raqamini) teradi. Shun-da u o‘z apparatidan SHATS qidirgichi cho‘tkalariga boradigan liniyani ulaydi. Navbatdagi 3 ta raqam (mas, 095), ya’ni biror shahar kodi terilsa, chaqirayotgan abonent chaqirilayotgan shahar SHATS ga bog‘lanadi. Navbatdagi 7 ta raqamni te-rib, shahar ATS qidirgichlariga ta’sir qilinadi, shunda chaqirayotgan abonent telefon apparati chaqirilayotgan abonent telefon appa-ratiga ulanadi (yana q. Uyali telefon stansiya).G‘ofirjon Shoyokubov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil