Avtomat sugʻorgich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomat sugʻorgich – mollar ichgan sari idishga oʻz-oʻzidan suv yubo-124rib turadigan moslama. Ishlash tarziga koʻra klapanli (qopqoqli) va vakuumli boʻladi. Tepkili, qalqovuchli turlari ham bor. Bir kosali, ikki kosali va koʻp kosali boʻladi. Qoramol tumshugʻi bilan kosadagi richagni bosganda klapan pru-jinasi qisilib, klapan ochiladi va ko-saga suv tushadi, mol boshini koʻtarganda klapan suv yoʻlini bekitadi. Qalqovuchli Avtomat sugʻorgich sugʻorish nasosi va qalqovuchli ka-meradan iborat. Kamerada suv kamaysa, qalqovuch koʻtarilib, ignali klapan uya-sidan chiqadi va suv naychalardan kame-raga quyiladi. Vakuumli Avtomat sugʻorgich idishda suv sathining oʻzgarishiga asoslangan. U kosa va uning ichiga toʻnkarib qoʻyilgan idishdan iborat. Idishning tubida suv oqib chiqadigan teshik bor..

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil