Avtomat radiometeorologiya stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avtomat radiometeorologiya stansiyasi – meteorologiya kuzatishlari natijalarini ma’lum maso-faga radio orqali avtomatik tarzda uza-tuvchi meteorologiya asboblari majmui. Quruqlik avtomat radiometeorologiya stansiyasi, avtomatik radio yog‘in o‘lchagichi, avtomatik radio shamol o‘lchagichi Avtomat radiometeorologiya stansiyasi jumlasiga kiradi. Bular meteorologiya stansiyalari qurish va ularda ishlash qiyin bo‘lgan, borib bo‘lmaydigan, iqlimi o‘rganilmagan joylarga o‘rnatiladi. Bu xil asboblar Markaziy Osiyoning tog‘li va cho‘l rayonlariga ham o‘rnatilgan. Avtomat radiometeorologiya stansiyasi yuzlarcha km gacha masofada oldindan berilgan dastur bo‘yicha atmosfera bosimi, temperaturasi, shamolning yo‘nalishi va tezligi, yog‘in miqdori, quyosh nurining tushib turish vaqti va boshqa meteorologiya ko‘rsatkichlarini sutkada bir necha marta o‘lchaydi va maxsus kodlar yordamida radio orqali meteorologiya markazlariga xabar qilib turadi. Berilgan radioxabarlar radiopriyomniklar yoki telegraf apparatlari orqali qabul qilinadi. Qabul qilingan ma’lumotlar umumlashtiri-lib, tegishli ilmiy va amaliy xulosalar chiqariladi. O‘zbekiston hududidagi Avtomat radiometeorologiya stansiyalari xabarlari O‘zbekiston Bosh meteorologiya boshqarmasida jamlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil