Avtomat poʻlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomat poʻlati – metall ke-suvchi tezkor avtomat stanoklarda kesib ishlash uchun moʻljallangan poʻlat. Tar-kibida oltingugurt va fosfor boshqa poʻlatlardagidan koʻproq boʻladi. Avtomat poʻlati tarkibi: 0,08–0,45% uglerod, 0,15– 0,35% kremniy, 0,6–1,55% marganes, 0,08–0,30% oltingugurt, 0,05–0,16% fosfordan iborat. Avtomat poʻlati kesish vaqtida qisqa, oson sinuvchan va buyum sirtidan darhol ajralib ketadigan qirindi hosil qiladi. Poʻlatni ana shunday xossali qilish uchun u oltingugurt bilan, koʻpincha esa oltingugurt va fosfor bilan legirlanadi (qarang Legirlangan poʻlat). Avtomat poʻlati Avtomat liniya (silindrik tishli gʻildiraklarga ishlov berish): a) umumiy koʻrinishi; b) texnologik jarayon: 1–za-gotovka; 2–birinchi tokarli ishlovi; 3–ikkinchi tokarlik ishlovi; 4–sidi-rish; 5–tozalab ishlov berish; 6–bun-ker; 9–shevronlash; 10–tayyor boʻlgan tishli gʻildirak (shesternya).Avtomat poʻlati chiviq koʻrinishida ishlab chika-riladi. Undan bolt, gayka, vint va hokazo, avtomobillar, asboblarning ba’zi de-tallari va boshqatayyorlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil