Avtomat latuni
Avtomat latuni (jezi) – qo‘rg‘oshinlangan latun. Qo‘rg‘oshin latunning avtomat stanoklarda kesib ishlanish xossasini yaxshilaydi (nomi shundan). Markasi – LS59-1, L harfi latunni, S harfi qo‘rg‘oshinni, 59 soni misning, 1 raqami esa qo‘rg‘oshinning fo-izda ifodalangan o‘rtacha miqdorini bil-diradi. Avtomat latunining kimyoviy tarkibi: mis 57–60%, qo‘rg‘oshin – 0,8–30%, boshqa qo‘shilmalarning umumiy miqdori 0,75% gacha. Avtomat latuni chiviklar, lentalar, polosalar va listlar tarzida ishlab chiqariladi; bulardan boltlar, gaykalar, soat detallari va boshqa ishlab chiqariladi. Avtomat latunining texnik xossalari tarkibi va holatiga bog‘liq bo‘ladi; mo‘stahkamlik chegarasi 300-600 Mn/m2 (30–60 kg/mm2, nisbiy uzayishi – 2–50%.To‘raxonov A. S, Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |