Avtomat
![]() |
Avtomat soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi. Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin. |
Avtomat (yun. automatos – o‘zi harakatlanuvchi) – 1) ma’lum ishdagi barcha jarayonlarni berilgan dastur bo‘yicha kishining ishtirokisiz o‘zi ba-jaradigan qurilma. A.ni bir oz sozlab, ayrim hollarda nazorat qilib turish kerak bo‘ladi. Avtomobil dvigatellari porshenini ishlab chiqaradigan avtomat-lashtirilgan zavodda metallni eritishdan tortib, to tayyor porshen olish, por-shenlarni saralash va hatto yashiklarga joylashgacha barcha ishlarni A.lar baja-radi. Yarim A.larda ayrim operatsiya ba-jarilgach, mashina o‘z-o‘zidan to‘xtaydi, uni ishchi yana yurgizib yuboradi. A. va yarim A.lar mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoatlarida, qishloq xoʻjaligida keng qo‘llaniladi. Mas, paxta ekishda seyalkaning uyaga chigit tashlab beradigan qismi oddiy A. hisoblanadi.A.lar texnologik (turli avtomatlash-tirilgan agregatlar va boshqalar), energetik (avtomatik asboblar, qurilmalar va boshqalar), transport (avtomashinist, avtopilot va boshqalar), hisoblash-yechish (hisoblash mashinalari va boshqalar), savdo (magazin-avtomat va boshqalar), harbiy (avtomatik qurollar va boshqalar), mai-shiy avtomatlar, o‘yin avtomatlari va boshqa turlarga bo‘linadi."O‘zi harakatlanadigan" mexanizmlar qadimdan ma’lum. Prujinali va mayatnikli soatlarning yaratilishi (17-a) A. rivojiga ancha ta’sir etdi. A.dan sanoatda foydalanish 18-asrga – sanoat inqilobi davriga to‘g‘ri keladi. Elektro-texnikaning rivojlanishi (19-asr) elektr yordamida harakatlanadigan A.ning pay-do bo‘lishiga olib keldi. Elektronikaning paydo bo‘lishi (20-asr) bilan tamoman yangi elektron avtomatik qurilmalar va boshqaruvchi hisoblash mashinalari pay-do bo‘ldi. Shu tufayli A.ning imkoni-yatlari va qo‘llanilish sohalari borgan sari kengaymoqda; 2) kibernetikaning asosiy tushunchalaridan biri; diskret (rakamli) axborotlarni diskret vaqt taktlari bilan qayta ishlaydigan texnika va biologik tizimning mavhum modeli (qarang Avtomatik boshqarish nazariyasi).[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |