Avtomashinist

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomashinist – poyezd haydashda mashinist ishini bajaruvchi avtomatik qurilma. Poyezdni soatiga 50 km dan tez haydashda barcha jarayonlarni toʻla avtomatlashtiruvchi avtomatik boshqarish tizimining muhim qismi. Poyezdlar orasi (intervali) qisqa boʻlgan hollarda (metropoliten, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlar va hokazoda) samarali hisoblanadi. A. harakat jad-valining aniq bajarilishini ta’min-lashga, tezlikni soatiga 5 km aniqlikda saqlab turishga, yetti xil tezlik ichidan istalgan birini eng yuqori qiymatgacha chiqarishga, poyezd tezligini tez-tez oʻzgartirib haydashga imkon beradi. A. uchastkalarning poyezdlar oʻtkazish imko-niyatini yaxshilaydi, mashinistning ishini yengillashtiradi. A. tizimi harakatni boshqarish jarayonida qatnashuvchi boshqa avtomatik tizimlar bilan doimiy bogʻliq boʻladi. U lokomotivdagi avtomatikaga ta’sir qiladi, avtodispetcher va avto-blokirovka "buyruq"lariga boʻysunadi. Oʻzbekistonda istiqbolda A.temir yoʻl uchastkasi va umuman yoʻddagi qatnovni kompleks avtomatik boshqarish tizimining tarkibiy qismiga aylanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil