Avtoliz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtoliz, autoliz (avto... va yun. lisis – yemirilish, parchalanish) – oʻsimlik yoki hayvon organizmidagi toʻqimalarning oʻz-oʻzidan parchalani-shi. A. organizmdagi oqsil, uglevod, yog kabi murakkab moddalarning turli fermentlar ta’sirida parchalani-shi tufayli sodir boʻladi. A.da, asosan oʻlgan organizmdagi toʻqimalar yemiri-ladi yoki tirik organizmning ba’zi a’zolaridagi toʻqimalardan ma’lum bir qismi biror sababga koʻra (mas, xavfli oʻsmalarda) parchalanadi. Oʻsimliklarda A. hujayraning past temperatura ta’sirida, quritilganda, zaharli moddalar (xlo-roform, toluol va boshqalar) ta’sir etib qurib qolganida, shuningdek toʻqimalarni me-xanik usulda maydalaganda roʻy beradi. A. ba’zi texnologik jarayonlarda, tama-ki, choyni fermentlashda, yem-xashakni siloslashda ham sodir boʻladi.122

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil