Avtogenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avtogenez (avto... va yun. genesis – tugʻilish, paydo boʻlish) – evolyutsion ta’limotdagi idealistik konsepsiya. A. ta’limotiga binoan evolyutsiya orga-nizmlarning dastlabki ichki potensi-al imkoniyatlari asosida yuz beradigan, oldindan belgilab qoʻyilgan jarayondan iborat. A. organizmlarning tarixiy va individual rivojlanishini faqat ichki, avtonom omillar ta’siri deb tushunti-radi. J. B. Lamarkning gradatsiya, G. Os-bornning aristogenez, E. Kopning batmo-genez, T. Eymerning ortogenez, L. S. Ber-gning nomogenez nazariyalari avtogene-tik xususiyatlarga ega. A. ta’limotining tarafdorlari evolyutsiyaning avtogene-tik mohiyatini isboti tariqasida evo-lyutsiyadagi parallelizm va konvergensiya hodisalarini dalil qilib koʻrsatishadi. A. ektogenezga qarshi qoʻyiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil