Avtogamiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avtogamiya (avto... va yun. gamos – Ko‘shilish) – 1) yuksak o‘simliklar (donli ekinlardan – bug‘doy, suli, arpa va boshqa, dukkaklilardan – no‘xat, loviya va b; butgullilar va chinniguldoshlarga mansub ko‘pgina yovvoyi o‘tlar)ning o‘z-o‘zidan changlanishi va urug‘lanishi. 2) bir hujayrali organizmlar (diatom suvo‘tlar, sporaliklar, ba’zi amyobalar)da ikki yadroning ko‘shilishi natijasida o‘z-o‘zidan urug‘lanish jarayoni. Bunda hujayra yadrosi ikkiga bo‘linib, ajra-lib ketadi va yetilgach, yana ko‘shiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil