Avtofazalash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtofazalash – siklik tez-latgichlarda katta energiyali zaryad-langan zarralar dastasining orbitada turgʻunligini ta’minlash uchun zarralar guruhining oʻrtacha aylanish chastotasini tezlashtiruvchi oʻzgaruvchan elektr maydon chastotasiga avtomatik tarzda tenglash-tirib turish. A. prinsipini 1944-yilda rus fizigi V. I. Veksler va mustaqil ravishda 1945-yilda amerikalik olim E. Makmillan taklif etgan. A. asosida tez-latgichlarning quyidagi asosiy turlari: sinxrotron va mikrotron – elektronlar tezlatgichi, fazatron (sinxrotsiklotron) va sinxrofazatron – protonlar tezlat-gichi ishlab chiqilgan. Juda katta (yuzlab MeV va undan yuqori) energiyada ishlay-digan barcha siklik tezlatgichlar A. aso-sida loyihalangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil