Avtoelektronika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Avtoelektronika – mashina-sozlikka oid elektronika bilimlari va vositalari majmui. A. avtomobil dvi-gatellarining oʻt oldirish mikroelek-144tron tizimlari, boshqaruvni kompyu-terlashtirish elektron qurilmalari, yoʻlovchilar uchun turli qulayliklar yara-tuvchi elektron tizimlar va boshqa avtomatik qurilmalarni yaratish bilan bogʻliq ilmiy tadqiqot-loyihalash ishlarini oʻz ichiga oladi. A. qurilmalari ishlab chiqariladigan avtomobillarning sifati, puxtaligi va boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshi-laydi. Keyingi vaqtlarda yangi mikro-elektron integral sxemalar asosida takomillashgan A. qurilmalari yaratildi. Avtomobilsozlikda mikroelektro-nikaning ahamiyati oshib bormoqda. Ayniqsa, ekologiya muammolarini hal etishda, avtomobillarni ishlatish xav-feizligini ta’minlashda, ularga xizmat koʻrsatishni yanada qulaylashtirish va boshqa muammolarni hal etishda mikroelektro-nikaning oʻrni ancha yuqorilashdi. Av-tomobillarni avtomatik boshqarishda, ularning ish rejimlari parametrlarini nazorat qilib turishda, turli datchi-klar yordamida olinayotgan axborotlarni toʻplash va ularga ishlov berishda, trans-missiyaii boshqarish tizimida, dviga-telni boshqarish-toʻxtatish tizimida maxsus datchik, integral qurilmalar va mikroprotsessorli mikrosxemalar qoʻllanilmoqda. Istiqbolda tuzilishi jihatidan bir butun boʻlgan datchiklar va mikroelektron funksional qurilmalar tizimi A.ning rivojlanishini tezlash-tiradi va qoʻllanish sohalarini yanada kengaytiradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil