Avtobachi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtobachi – Karmana-Navoiy va Buxoro vohalari oraligʻidagi pla-to. Zarafshon daryosining shimolida joy-lashgan. A. Zarafshonning qadimgi allyuviy yotqiziklaridan tashkil topgan. Allyu-vial yotqiziqlarni Zarafshon daryosi kesib oʻtib, shimolida A. va janubida Kiziltepa platolarini hosil qiladi.A. yon-atrof tekisliklaridan 4–5 m koʻtarilgan. Echkili dashti deb atalgan gʻarbiy qismi bora-bora Qizilqumga tutashib ketgan. A.ning usti yassi te-kislik, unda yotiq yon bagʻirli va yassi tubli pastqamliklar mavjud boʻlib, bir vaqtlar suv oqqan oʻzanlarning izlari saqlangan. Tubi taqirli botiqlar ham bor. A. neogen davrining qum-tosh, gil, mergel jinslari, Zarafshon daryo-sining qadimgi silliqlangan shagʻal toshlaridan iborat qisqa antiklinal ustida tarkib topgan. Shagal toshlar 20 m chuqurlikkacha, ya’ni konglomeratlargacha sementlashgan, qatlamlar orasida qumtoshning yupqa qatlamchalari uchraydi. Shagʻal toshlarning yuqori qismi (2 m chuqurlikkacha) gipslashgan. Ular ustida sergips qumoq va qumloqlar mavjud. Grunt suvlari konglomeratlarda 10 – 25 m chuqurlikda shoʻrlangan (1 l suvda 10–12 g tuz bor), daryo vodiysiga yaqinlashgan sari su-vining shoʻrligi kamayadi. A.da shoʻrtob boʻz-qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan, tarkibida gips miqdori koʻp (20–30% va undan ziyod). Biyurgʻun, boyalich, shuvoq va boshqa choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Yaylov chor-vachiligida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil