Avstralorp tovuq zoti
Qiyofa
Avstralorp tovuq zoti – goʻsht va tuxum uchun boqiladigan zot. Avstraliyada 20-asrning 20-yillarida ingliz qora orpington tovuq zoti negizida olingan. Oyoklari kalta, pati tovlanuvchan qora, tanasi choʻziq. Xoʻrozlarining tirik vazni 3,5–4 kg, tovugʻiniki 2,5– 2,7 kg. Bir yilda 180 va undan koʻproq tuxum qiladi. Tuxumlari och jigarrang, vazni oʻrtacha 55–60 gramm. Asosan Avstraliya va Janubiy Afrikada boqiladi. Oʻzbekistonga 50-yillarda keltirilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Avstralorp tovuq zoti“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |