Avstralopiteksimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avstralopiteksimonlar (Australopithecinae) – odamsimon may-munlarning qirilib ketgan kenja oi-lasi. 3 turi – zinjantrop, parantrop, pleziantrop ma’lum. Pliotsen oxiri va pleystotsen boshlarida yashagan. Suyak qoldiqlari dastlab 1924 yilda Janubiy Af-rikaning Kalahari sahrosidan, keyin-rok, Markaziy Afrikaning Oldovay da-rasi (Tanzaniya), Omo daryo vodiysi (Efi-opiya), Rudolf ko‘li va Xadar degan joy yaqinida (Keniya) topilgan. A.ning bo‘yi 120–130 sm, tana massasi 30–40 kg, miyasining hajmi 500–600 sm3 bo‘lgan, ikki oyokda tik yurgan, tuda bo‘lib yasha-gan. A. o‘zlarini himoya qilish yoki hujum qilish uchun tosh, tayoq va suyaklardan foydalangan, degan taxminlar mavjud. Ko‘pchilik antropologlarning fikricha, eng progressiv A. (prezinjantroplar) eng kad. tosh qurol yasagan odamlarning dastlabki ajdodi hisoblanadi. A.ning qadimgi odamlarning bevosita ajdodi ekanligi uzil-kesil hal etilmagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Avstralopiteksimonlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil