Avstraliya floristik dunyosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avstraliya floristik dunyosi – Yer yuzidagi floristik dunyolardan biri. Unga Avstraliya qit’asi kiradi. Avstraliya floristik dunyosi d. o‘ziga xosligi, juda qadimgiligi va endemlarga boyli-gi bilan ajralib turadi. Chunki mezozoy erasida Avstraliya Osiyoning yondosh qismlariga bog‘lanib turgan. U Osiyodan ajralib qolgandan so‘ng o‘simliklar olami mustaqil, o‘ziga xos ravishda ri-vojlana borgan. Avstraliya floristik dunyosi d. 12000 dan ziyod to‘rni o‘z ichiga oladi, shundan 570 tur-kumga mansub 9100 tur endemik (faqat Avstraliyaga xos)dir. Endemik tur-kumlarga Nakea (Proteaceae), Pultennaea (Fabaceac), Boronia (Rutaceae), Dampiera (Goodeniaceae) kabilar kiradi. Bu yerda Platyzomataceae, Austrobaileyaceae, Enblingiaceae, Davidsoniaceae, Akaniaceae kabi endemik oilalar ham bor. Avstra-liya o‘simliklar qoplamining shaklla-nishida Acacia, Eucalyptus, Casayrina, Melaleuca kabi turkumlarning vakillari katta rol o‘ynaydi. Avstrali-yaning g‘arbiy va sharqiy qismlarini qadimda uzoq vaqt dengiz ajratib tur-ganligi uchun uning markaziy qismidagi ko‘pgina o‘simlik turlarining areallari bir-biridan uzilib qolgan. Ba-land tog‘larning yon bag‘irlari va Katta Suvayirg‘ich tizma platosining ayrim joylarida o‘rmonlar cho‘qqilargacha yetib bormaydi. Subalp va alp o‘tloklarida shimoliy tog‘ o‘simliklaridan ayiqtovon, binafsha, veronika va gnafalium va boshqa uchraydi.Avstraliyaning sho‘rxok cho‘llari (Markaziy rayonlari) sho‘ra (qizil sho‘ra, olabuta, izen), qumli yerlari qattiq tikanli (ayniqsa Chenopodiaceae oilasiga mansub) o‘simliklar (triodiya, spini-feks) bilan qoplangan. Bu rayonlarga shimoliy va 110sharqdan qattiq bargli butazorlar ulanib ketadi. Shimoli-g‘arb va sharqda butazorlar tugab, asta-sekin past bo‘yli fillodiya akatsiyalari va evkaliptlar o‘sadigan keng savannalar, undan ham narida sa-vanna o‘rmonlari keladi. Qit’aning janubi-g‘arbida va sharqida dengizga yaqinlashgan sari doim yashil subtropik o‘rmonlar, Marjon dengizi sohillarida esa nam tropik o‘rmonlar – gileyalar bor. Avstraliya floristik dunyosi d.ning subtropik va subantrak-tik o‘rmonlarida bahaybat (balandligi 100 m va diametri 2 m gacha bo‘lgan) evkaliptlar, daraxtsimon paporotniklar, sagov-niklar va boshqa relikt o‘simliklar o‘sadi. Avstraliya butun dunyoda ekiladigan va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar (ev-kalipt va akatsiyalar) vatanidir. Avstraliya floristik dunyosi d. o‘simliklar dunyosining mag‘zini qadimgi golantarktida florasi tashkil etadi. Avstraliya floristik dunyosi d. uchta floristik obl.ga bo‘linadi (Taxtajyan, 1978): 1. Shimoli-sharqiy av-straliya obl. Bu obl. o‘ziga xos floraga ega 4 ta provinsiyaga bo‘linadi: 1) Shimoliy avstraliya provinsiyasi; 2) Kvinslend provinsiyasi; 3) Janubi-sharqiy avstraliya provinsiyasi; 4) Tasmaniya obl. 2. Janubi-g‘arbiy avstraliya obl. bitta – janubi-g‘arbiy avstraliya provinsiyasini o‘z ichiga oladi. 3. Markaziy avstraliya yoki eremey obl. ham bitta eremey provinsi-yasidan iborat.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Avstraliya floristik dunyosi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil