Avstraliya Alp togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Avstraliya Alp togʻlari – Avstraliyaning janubi-sharqidagi Kat-ta Suvayirgʻich tizmaning eng baland va parchalangan qismi. Uz. qariyb 400 km, eni 150 km. Granit intruziyalari boʻlib-boʻlib yuborgan paleozoy jinslaridan tashkil topgan. Balandligi 2230 m gacha (Kos-syushko togi, materikning eng baland choʻqqisi). Baland toglarda toʻrtlamchi davr muzliklarining izlari saqlangan. Togʻlarning shimoli-gʻarbiy yon bagʻridan Avstraliyaning eng katta daryosi – Murrey boshlanadi. A.Avstraliya alp togʻlari 1200 m balandligigacha evkalipt, daraxtsimon paporotnik oʻrmonlari bilan qoplangan. Undan balandda qingʻir-qiyshiq daraxtlar, butazorlar va alp oʻtloklari bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil