Kontent qismiga oʻtish

Avstraliya-Antarktida soyligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Avstraliya-antarktida soyligi – Hind okeanining janubi-sharqiy qismidagi suv osti soyligi, Antarktida yaqinida. Shimoliy va sharqdan Avstraliya-Antarktida koʻtarilmasi, janubidan Antarktida materik yon bagʻri, gʻarbdan Kergelen suv osti tizmasi bilan chegaralangan. Uzunligi 4500 km, eni 1500 km; aksari qismining chuq. 4000–5000 m, eng chuqur joyi – 6089 m (Kergelen tizmasi yaqinida).[1]

  1. „Avstraliya-Antarktida soyligi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.