Avrelian

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avrelian, Lutsiy Domitsiy (214– 275) – Rim imperatori (270 yildan). Du-nay legionlari tomonidan imperator deb e’lon qilingan. A. Rim imperiyasi chegaralarini tiklagan; getlarni Dunay ortiga uloqtirib tashlagan, alemannlarni Resiya va Italiyadan siqib chiqarib, Galliyani bo‘ysundirgan, biroq Dakiyani qo‘ldan chiqargan. Ichki siyosatda mutlaq imperatorlik hokimiyatini o‘rnatishga harakat qilgan (ilk bor rasman janob va tangri – Dominus et deus deb atal-gan), mamlakatda yalpisiga yangi ma’bud – quyosh tangrisiga sajda qilishni jo-riy qilgan. 273 yil Rimda monetariylar harakatini bostirgan. A. davrida Rimni varvarlardan himoya qilish maqsadida Avrelian devori qurilgan (harobalari saqlangan). A. fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Avrelian" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil