Avrangbardor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avrangbardor (fors–taxt koʻtaruvchi) – oʻrta asrlarda Xuroson va Movarounnahrda xon, amirlarning xizmatkorlaridan biri; harbiy yurish pay-tida xon yoki amir yonida yuradigan kishi. A.ning vazifasi taxtiravon (koʻchma taxt)ni olib yurishdan iborat boʻlgan. A. la-vozimi 18-asrdagi tarixiy manbalarda, xususan "Majma’ al-arqom"da ham esla-tib oʻtilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil