Avometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avometr, ampervoltommetr — o‘zgarmas va o‘zgaruvchan (yuqori chasto-tali) tok zanjirlarida tok kuchi, kuch-lanish va qarshilikni o‘lchaydigan uni-versal kuchma asbob. A.larning o‘lchash chegaralari turlicha bo‘ladi. Ular mag-nitoelektrik va to‘g‘rilagich tizimlarda yasaladi. Magnitoelektrik tizimda yasal-gan A.lar yerdamida o‘zgarmas tok zan-jirlarida tok, kuchlanish va qarshilik o‘lchanadi, to‘g‘rilagich tizimda yasalgan A.lar yerdamida esa ham o‘zgarmas, ham o‘zgaruvchan tok zanjirlarida tok, kuchla-nish va qarshilik o‘lchanadi.A.lar, asosan, magnitoelektrik o‘lchash mexanizmi va yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagich birikmasidan iborat. A.larning tokni o‘lchash chegarasi shunt qarshiligi yerda-mida, kuchlanish va qarshilikni o‘lchash chegarasi esa qo‘shimcha qarshiliklar yer-damida kengaytiriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil