Avokado
Qiyofa
Avokado, alligator noki (Persea) – lavrdoshlarga mansub doim yashil oʻsimliklar (daraxtlar) turkumi. Subtropik zonada, jumladan, Qora dengiz atroflarida oʻsadi, Oʻzbekistonda hozirgacha ekilmagan. A. daraxti baland, gullari ikki jinsli, oq. Mevasi (250–600 g) bir urugʻli, toʻq yashil yoki koʻkimtir-qizil, tarkibida 30% gacha moy, 1,5–4% gacha oqsil bor; yangi uzilgan holda iste’mol qilinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Avokado“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |