Avliyo Nikolay sobori
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Avliyo Nikolay sobori | |
---|---|
ukraincha: Військовий Микільський собор | |
![]() Avliyo Nikolay harbiy soborining XIX asr oxirlariga oid tasviri | |
Joylashuvi | Kiyev |
Turi | pravoslav cherkovi |
Meʼmor | Osip Starsev |
Avliyo Nikolay sobori |
Avliyo Nikolay harbiy sobori (ukraincha: Вели́кий Мико́ла) – Kiyevda 1696-yili meʼmor Osip Startsev boshchiligida getman Mazepa-Koledinskiy tashabbusi va mablagʻlari hisobidan ukrain barokko uslubida qurilgan Avliyo Nikolay monastirining pravoslav cherkovi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sobor Avliyo Nikolay monastirining katolikoni boʻlgan. Katolikon Dneprdan yuqorida, Salut mehmonxonasi roʻparasida, hozirgi Ivan Mazepa koʻchasida joylashgan. XVIII asrning oʻrtalarida sobordan uzoqroqda qoʻngʻiroq minorasi oʻrnatilgan. Maʼbadning ichki qismi boʻyalmagan, ammo barokko uslubidagi 7 darajali qilib oʻyilgan ikonostazi mashhur boʻlgan.
1831-yilda baland, qulay joylashgan, koʻzni qamashtiradigan ibodatxona harbiy soborga aylantiriladi, bu yerda harbiy yodgorliklar saqlanadi va gʻalabalar munosabati bilan ibodatlar oʻtkaziladi. Toʻplar sobor yaqinida baland joylarga oʻrnatiladi.
1919-yil 9-may kuni ruhoniy V. Lipkovskiy soborida ukrain tilidagi birinchi marosim oʻtkazilgan.
1934-yilda maʼbad bolsheviklar tomonidan vayron qilingan: dastlab soborning gumbazlari vayron qilingan, keyin esa portlatilgan va qolgan xarobalar demontaj qilingan. 1962–1965-yillarda sobor oʻrnida N. Ostrovskiy nomidagi pionerlar va maktab oʻquvchilari saroyi qurilgan (hozirgi Kiyev bolalar va oʻsmirlar saroyi).
2009-yil iyun oyida Prezident V. Yushchenko soborni asl holiga keltirish tarafdori boʻlib, hukumatga bu masala ustida ishlashni topshirgan[2].
Ibodat marosimlari ayni paytda ilgari qoʻngʻiroq minorasi turgan joyda – maʼbad joylashgan hududdan unchalik uzoq boʻlmagan joyda ochiq havoda oʻtkazilmoqda.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Avliyo Nikolay monastiri, 18-asr oxiri
-
„Buyuk Nikolay“, 1918-yil
-
Avliyo Nikolay harbiy sobori, 1917-yil
-
Avliyo Nikolay soborining oshxona cherkovi
-
Avliyo Nikolay soborini buzish, 1934-yil
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Павленко С. Іван Мазепа як будівничий української культури. ВД «Києво-Могилянська академія», 2005.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Павленко С. Іван Мазепа як будівничий української культури. — Киев: ВД «Києво-Могилянська академія», 2005. — С. 130.
- ↑ В Киеве восстановят Свято-Николаевский военный собор | Новости Киева | Виктор Ющенко поручил Кабинету Министров вместе с Киевской городской государственной администрацией прор …