Avlakogen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avlakogen (yun. aulax – egat va genos – tug‘ilish) (geol.) – yoriqlar bilan chegaralangan chuqur va kambar ko‘rinishdagi platforma ichki chiziqli suriluvchan zona; "A" terminini 1960 yilda N. S. Shatskiy taklif etgan. U A.ni platformadagi ikkita bir xil zona oralig‘idagi murakkab strukturali egat sifatida belgiladi. Oddiy A.lar chuqur (ba’zan 5–10 km), kambar (100 km gacha) va ming km gacha uzunlikdagi bukilmadan iborat bo‘lib, yoriqlar bilan cheklangan. A.lar butun platformani kesib o‘tishi yoki biror joyida tugashi mumkin. A.lar rivojlanib ichki platformali yassi bur-mali zonaga (mas, Daniya-Polsha A.) yoki ancha keng va qiya cho‘kmasi-neklizalar (mas, Dnepr-Dones A.) ga aylanadi. Mu-rakkab A.lar bukilma-grabenlardan tashqari, ko‘taril-magorstlar (mas, Shimoliy Amerika platformasining Vichita zonasi) ham bo‘ladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Avlakogen" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil