Avitellinozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avitellinozlar (Avitellinoses) – avitellina urug‘iga mansub tasmasi-mon chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar guruhi. A. qo‘ylar (ayniqsa qo‘zilar) va tuyalar orasida uchraydi. O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari-da, Qoraqalpog‘istonda tarqalgan. Chor-va mollarining A. bilan zararlanishi va qirilishi bahor hamda kuz fasllarida ayniqsa kuchayadi. A. bilan zararlangan mollarda kasallik alomatlari to‘satdan paydo bo‘ladi. Hayvon gandiraklaydi, boshini orqaga tashlaydi, tomiri tor-tishadi, tishini g‘ijirlatadi, ba’zan ichi ketadi. A. borligi shubha qilingan xo‘jaliklarda hayvonlar veterinariya xodimlari ko‘rsatmasiga muvofiq degelmintizatsiya qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Avitellinozlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil