Aviatsiya tibbiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aviatsiya tibbiyoti – avi-atsiyaga oid tibbiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi fan sohasi. Vazifa-si: kishilarnish aviatsiya xizmatiga layoqatliligini tekshirish, uchuvchilarni uchishdan oldin tibbiy ko‘rikdan, turli sinov-mashqlardan o‘tkazish, samolyotlarning odam organizmiga fiziologik va gigiyenik nuqtai nazardan qulayligini muhandislar bilan birga tekshirish, baxt-siz hodisalar yuz berganda tibbiy yor-dam ko‘rsatish hamda uchuvchilarni psi-xologik tomondan chiniqtirish va boshqa Uchish vaqtida meteorologiya sharoiti va temperaturaning o‘zgarishi, kislorod parsi-al bosimining pasayishi, barometrik bosimning bir pasayib, bir ko‘tarilib 6turishi, nurlar, kosmik radiatsiya va boshqa omillar (shovqin, vibratsiya va hokazo) uchuvchi organizmiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu jihatdan uchuvchi mehnati boshqa kasb egalarinikidan katta farq qiladi. Aviatsiya tibbiyoti asosan, samolyotda uchadigan xodimlarning mehnat qilishi, dam olishi, uxlashi va ovkatlanishi uchun eng qulay sharoitni o‘rganadi, avariya-qutqaruv vositalarining fiziologikgigiyenik asoslarini ishlab chiqadi. U aviatsiya gigiyenasi, aviatsiya fiziologiyasi, aviatsiya psixologiyasi va uchuvchilarning ish qobiliyatini aniqlash kabi bo‘limlardan iborat.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Aviatsiya tibbiyoti" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil