Aviatsiya kuch qurilmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aviatsiya kuch qurilmasi – samolyotda tortish kuchi, vertolyotda esa koʻtarish kuchi hosil qiladigan dvigatel va boshqa zarur tizim va qurilmalar majmui. Porshenli dvigatel oʻrnatilgan samo-lyotning vinti ham, vint qanotlarini burish mexanizmi ham Aviatsiya kuch qurilmasiga kiradi, ammo porshenli dvigatellar oʻrnatilgan samolyotlarga nisbatan Aviatsiya kuch qurilmasi atamasi oʻrniga vint-motor guruhi atamasi ishlatiladi. Aviatsiya kuch qurilmasi yonilgʻi bilan ta’minlash, moylash, sovitish, havo berish, ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborish, boshqarish va nazorat qilish, dvigatelni yurgizib yuborish tizimlari va boshqa tizimlarni oʻz ichiga oladi; qanotlar, dvigatelni mahkamlash uzellari ham Aviatsiya kuch qurilmasi hisoblanadi (qarang Samolyot).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil