Aviamodelchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aviamodelchilik (avia... va lot modulis – oʻlchov) – uchish apparati modellarini yasash va uchirish. A. yoshlar texnik ijodi turlaridan biri. Uchmay-digan (geometrik shakli oʻxshatiladigan tarixiy yoki zamonaviy samolyot nus-xasi) va uchadigan modellar bilan shugʻullanadigan xillari bor. Uchadigan model uchish tarzi, oʻlchami, dvigatelining turiga qarab erkin uchadigan, kordli va radio bilan boshqariladigan turlarga boʻlinadi. Erkin uchadigan modellar pla-nerlar, rezina motorli, taymerli xillarga boʻlinadi. Planer modeli motor-siz uchish apparati boʻlib, havo oqimida varrakka oʻxshash uchiriladi. Rezina mo-torli modellarda tortish kuchini havo vinti (parrak) vujudga keltiradi. Par-rakni rezina motor harakatlantiradi. Taymerli modelning uchishini maxsus mexanizm – taymer cheklaydi. Kordli modellarni modelchi-uchiruvchi kord iplari yordamida boshqarib uchiradi. Radio bilan boshqariladigan modellar bortiga oʻrnatilgan radioapparaturaga yerdan yuboriladigan signallar yordamida boshqariladi. Oʻzbekistonda A. sporti, ayniqsa, 20-asr oʻrtalaridan rivojlandi. Maktab, bolalar uyi, oʻquvchilar saroyi, klublarda A. toʻgaraklari bor. Shahar va tuman aeroklublarida, yosh texni-klar stansiyalarida A. kabinetlari tashkil qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil