Kontent qismiga oʻtish

Auguste Rodin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avgust Rodindan yoʻnaltirildi)
Auguste Rodin
Tavalludi 12-noyabr 1840[1][2][3][4][5]
Vafoti 17-noyabr 1917[1][2][4][5]
Fuqaroligi Fransiya[6][7]
Otasi Jean Baptiste Rodin
Onasi Marie Cheffer

RODEN (Rodin) Fransua Ogyust Rene (fransuzcha: François-Auguste-René Rodin; 1840.12.11, Parij — 1917.17.11, Myodon, Parij yaqinida) — fransuz haykaltaroshi; haykaltaroshlikda impressionizm asoschilaridan. Mikelanjelo, Donatello ijodini oʻrgangan hamda gotika haykaltaroshligidan ilhomlangan. R. ijodiga xos boʻlgan dadillik, murakkab harakatlarni ifodalashdagi jonlilik ilk asarlaridayoq namoyon boʻldi ("Bronza asri", gips, 1877; "Kale fuqarolari" haykallar guruhi, bronza, 1895 va boshqalar). 1880-yildan umrining oxirigacha Dantening "Ilohiy komediya"si, antik afsonalar, bibliya rivoyatlari va boshqa taʼsirida "Doʻzax darvozasi" gorelyef kompozitsiyasi ustida ishladi; mustaqil asarlar yaratdi ("Mutafakkir", bronza, 1888 va boshqalar). R.ning realistik portretlari ("J.Dalu", 1883; "V. A.Motsart", 1910 va boshqalar), monumen tal haykallari ("V.Gyugo", 1886—1900; "O.Balzak", 1887 va boshqalar), inson goʻzalligi, sevgi mavzuidagi shoh asarlari ("Boʻsa", 1886; "Mangu bahor", 1897 va boshqalar) mashhur. R. ijodiga xos boʻlgan nur va soya keskinligi, shakllar tasviriyligi (baʼzan oquvchanligi) uni impressionizm asoschisiga aylantirdi. Asarlari, racm va ofortlari, asosan, Parijdagi R. muzeyida saqlanadi. R. ijodi 20-asrda turli okimlarda ijod qilgan haykaltaroshlarga dadil ijodiy izlanishlariga turtki bergan.[8]