Aventin bloki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aventin bloki – Italiyada fashistlar diktaturasiga qarshi kurashgan antifashistik partiyalar bloki. Sotsialist deputat, antifashist Mateotti fashistlar tomonidan o‘ldirilgach (1924 yil 10 iyun), muxolifiyatdagi deputatlar bundan g‘azablanib, parlamentdan chiqib ketadilar va Rimdagi Aventin tepali-gida to‘planib "Oppozitsiyami fraksiyalar komiteta" ni tuzadilar. Shu tariqa mazkur uyushma "Aventin bloki" nomini oldi. Blokka xalq partiyasi (katoliklar), respublikachilar, sotsialistlar va boshqa partiyalar vakillari hamda partiyasiz deputatlar uyushdilar. Mussolini hukumati Aventin blokining qat’iyatsizligi va zaifligidan foydalanib, 1926 yilda uni tor-mor qildi. Ommadan ajrab qolgan blok a’zolari fashizmga qarshi izchil kurasha olmay, tezda tarqab ketdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil