Avariyadan qutqarish tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

AVARIYADAN QUTQARISH TI-ZIMI – kosmik kemani orbitaga olib chiquvchi raketada biror avariya holati yuzaga kelganda kema ekipajini qutqarish uchun qoʻllaniladigan kema bortidagi maxsus apparatlar. Agar shun-day holat startda yoki uchish trayektori-yasining boshlangʻich qismida yuz ber-2sa, kosmonavtlar katapulta qilinib, soʻngra parashyutda yerga tushiriladi yoki, zaruriyat boʻlsa, kemani maxsus dvi-gatel yordamida xavfsizroq masofaga olib borib, soʻngra ular parashyutda yoki kema bilan birgalikda Yerga qoʻndiriladi. Orbitaga chiqish oldida yoki orbitada shunday holat yuzaga kelsa, kema eltuvchi raketadan ajratilib, maxsus dvigatel yordamida tushish orbitasiga oʻtkazilib, atmosferada tormozlanadi, soʻngra qoʻndiriladi. A.q-t.da avariya holatini qayd qiluvchi va kemaning bundan keyin-gi bajaradigan barcha zarur amallarini avtomatik ravishda harakatga keltiruvchi apparatlar tizimi boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil