Avantika Mishra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avantika Mishra
Kasbi Aktrisa, model
Faoliyat yillari 2016 - hozrigacha

Avantika Mishra — hind aktrisasi va sobiq modeli, asosan telugu tilidagi filmlarida suratga tushadi. Shuningdek, u tamil tilidagi filmlarida ham suratga tushgan[1].

Yoshlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avantika Mishra Nyu-Dehlida tugʻilgan, Mishra Air Force Golden Jubilee institutida va Bangalordagi K.V Hebbalda tahsil olgan. U kollej va maktabda oʻqib yurgan paytlarida sport musobaqalarida jumladan, badminton va voleybol turnirlarida ishtirok etgan. Keyinchalik Avantika Mishra modellik faoliyati sabab juda koʻp sayohatlar qila boshlagan, bu sayohatlari unga kino sanoatiga kirishiga turtki boʻlgan. Avantika olti oy modellikda faoliyat yuritganidan soʻng, rejissyor Neelakanta bilan uchrashish imkoniga ega boʻlgan va rejjisyor Avantikani filmda rolga taklif qilgan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avantika Mishra oʻz faoliyatini Puma, Femina va boshqa bir qancha brendlar uchun model sifatida boshlagan. Uning birinchi aktyorlik roli Neelakantaning Maaya filmida boʻlgan[3]. Avantika Mishra Tarun Shetti bilan birga Meeku Meere Maaku Meme filmida bosh rolni ijro etgan. Film 2016-yil 17-iyunda chiqarilgan[4]. Avantika Vijay Devarakonda tomonidan ishlab chiqarilgan Meeku Maathrame Cheptha filmida aktyor Tharun Bhascker Dhaassyam va Vani Bhojan bilan birga juftlik bosh rolni ijro etgan[5]. Avantika keyingi yillarda aktyor Arulniti bilan birga kollejda ishlagan va YouTuber Vijay Kumar Rajendran (Euma Saani shuhrati) rejissyori boʻlgan D Block dramasida bosh rol sifatida obrazga kirishgan.[6] U, shuningdek, Enna Solla Pogirai filmida bosh rolni ijro etgan hamda debyutant Hariharan prodyuserligida olingan Trident Arts filmida aktyor Ashwin Kumar Lakshmikanthan bilan birga suratga tushgan[7].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Til
2016 Meeku Meere Maaku Meme Priya Telugu
2017 Vyshakam Bhanumathi
2019 Meeku Maathrame Cheptha Rakesh’s Co — Star
2020 Bheeshma Oʻzi
2022 Enna Solla Pogirai Anjali Tamil
D Block Shruthi
Nenjamellam Kadhal Leona

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Took time to fall in love with cinema: Avantika | Business Standard News“. Business-standard.com (2017-yil 17-yanvar). 2019-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-fevral.
  2. „Modelling gave me confidence to be in movies: Avantika Mishra“. The Indian Express. 2014-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-avgust.
  3. „Maaya | Maaya Movie | Maaya Telugu Movie Cast & Crew, Release Date, Review, Photos, Videos“. FilmiBeat. 2019-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  4. „Review by TOI“. Times of India (2016-yil 17-iyun). 2018-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
  5. „Happy Birthday Avantika Mishra: 5 Hot-as-Hell photos of the 'Maaya' bombshell“. The Times of India (2019-yil 30-may). 2019-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  6. „First look Poster of Arulnithi’s D Block“. Timesofindia.com (2021-yil 21-iyul).
  7. „Teju Ashwini and Avantika to play the female leads in Ashwin Kumar's next“. Cinemaexpress.com (2021-yil 9-iyul).