Avanssena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avanssena (frans. avantccene) – peshsahna, parda bilan orkestr o‘rni orasidagi joy. Opera va balet spek-takllarida A.dan keng foydalaniladi. 1Drama tomoshalarida esa parda oldida o‘tadigan kichik sahnalarni ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. A.dan o‘rinli foy-dalanish dekoratsiyalarning tez almashu-viga imkon yaratib, voqeaning uzluksiz rivojlanishini ta’minlaydi. Ayrim rejissyorlar asosiy harakatni ham A.ga olib chiqib, o‘yin maydonini kengay-tirganlar. 17-asrda Yevropada badavlat oqsuyaklar A.da o‘tirishgan. O‘zbek rejis-syorlari sahnaning butun sathidan, shu jumladan A.dan keng foydalanishadi. Ayniqsa rejissyor B. Yo‘ldoshev A.ni tomosha-binlar zali bilan bog‘lab, voqealar joyini kengaytirishga erishadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil