Avangardizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avangardizm (frans. avantgardiste) – 1) 20-asr adabiyot va san’atida qator zamonaviy oqimlarning umu-miy shartli nomi. A. tarafdorlari ada-biyotni va san’atni tubdan yangilashni, uning shakli va ifodaviy imkoniyatlarini kengaytirishni oʻz oldilariga maqsad qilib qoʻygan, avvalgi qaror topgan yu-nalishlar (shu jumladan, romantizm, re-alizm, impressionizm, neoklassitsizm va boshqalar) ga tanqidiy yondashgan. A. namo-yandalari san’atning predmetini ham, uslubini ham, shakl va mazmunni ham yangilashni oʻzida ifoda etgan umumiy istak ostida birlashganlar. Bu yoʻnalish taraqqiy etgan 1905–30 yillarda uning tamoyillari ekspressionizm, fovizm, kubizm, dadaizm, syurrealizm; adabiyotda – "ong oqimi", futurizm, musiqada – dodekafoniya, atonallik va boshqa kabi modernistik oqim va maktablarda, shuningdek ba’zi yirik soʻz ustalarining ma’lum davrdagi ijodiy faoliyatida namoyon boʻldi. Bir-biriga zid mayllar, turli ijtimoiy, gʻoyaviy-estetik nuqtai nazarda turgan, ijodiy taqdiri bir-biriga oʻxshamagan san’atkorlar A. (modernizm)ning umumiy oqimida toʻqnashdi. Davrning eng oʻtkir ijtimoiy qarama-qarshiliklari A. ziddiyatlarida oʻz aksini topdi. Ba’zi yirik san’atkorlar ijodlarining dastlabki davrida A. ga moyil boʻlganlar (mas, P. Elyuar – Fransiya; V. Nezval – Chexoslovakiya; V. Brext, I. Bexer, X. Eysler – Germaniya; D. Rivera – Meksika; V. Mayakovskiy, D. Shostakovich – Rossiya).Jahon adabiyoti va san’atining koʻpgina zabardast vakillari A. tajri-balariga asoslanib, zamonaviy san’atning yetakchilariga aylandilar (mas, J. Joys – Irlandiya; M. Prust – Fran-siya; P. Mondrian –Niderlan-diya; S. Dali va P. Pikasso – Ispaniya; P. Klee – Shveysariya; V. Kandinskiy, M. Male-vich, S. Prokofev – Rossiya va boshqalar).Ikkinchi jahon urushidan keyin gʻarbda A. oqimi jonlanib, "absurd drama", "yangi roman", "konkret poeziya", tasvi-riy san’atda – pop-art, minimalizm, abstraksionizm, musiqada – aleatori-ka, sonoristika, elektron musiqa va boshqa koʻrinishlarida namoyon boʻldi.A. tamoyillari Oʻzbekiston tasvi-riy san’atida 20-yillarda ham kuzatiladi (A.Volkov, A.Nikolayev, Oʻ.Tansiqboyev, M.Kurzin, O.Tatevosyan). 1970-yillardan boshlab musiqada – kompozitorlar R.Vildanov, N.Zokirov, A.Malaxov, M. Tojiyev, T.Qurbonov, F. va D.Yanov– Yanovskiylar, N.Gʻiyosov va boshqa, teatrda – rejissorlar N. Abdurahmonov, M.Vayl, tasviriy san’atda – rassomlar J. Umarbekov, Jalolov, M.Toʻxtayev va boshqa A. ifodaviy imkoniyatlaridan ijodiy foydalanmoqda.2) Falsafadagi A. – zarur taraqqiyot bosqichlari va real shart-sharoitlarni nazarga olmay sakrash yoʻli bilan jamiyatdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga intilish.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil