Auyeski kasalligi
Auyeski kasalligi, soxta quturish kasalligi (venger vrachi A. Auieszky nomidan) – hayvonlarda markaziy nerv sistemasi va nafas organlarining shikastlanishi belgilari bilan oʻtadigan virusli yuqumli kasallik. Auyeski kasalligi bilan barcha sut emizuvchilar va qushlar kasallanadi. Kasallik ayniqsa, darran-dachilik va choʻchqachilik xoʻjaliklariga katta zarar keltiradi. Auyeski kasalligi, asosan, ot, choʻchqa, qoramol, qoʻy-echki va itlarda yilning hamma faslida uchraydi. Kasallik koʻproq kemiruvchilar va etxoʻr (yirtqich) lar orqali tarqaladi; choʻchqalarga boshqa kasal hayvonlardan bevosita ham yuqadi. Viruslar qon va limfa bilan butun organizmga tarqaladi. Auyeski kasalligi ning inkubatsiya davri 1–8 kun. Kasallangan hayvon toʻsatdan lohas boʻladi, harorati koʻtariladi, ovqat yemay qoʻyadi, qichinadi, qoramol oz qoʻy-echkilardan koʻp soʻlak oqadi, halloslaydi, yurak urishi tezla-shadi, mudrab yuradi va 3–5 kundan soʻng halok boʻladi.Tashhis kasallikning klinik belgilari va laboratoriya tekshirishlari asosida qoʻyiladi. Davosi: Auyeski kasalligi yuqkan hayvonlarga gammaglobulin; qaytalanmasligi uchun penitsillin, streptomitsin beriladi. Oldin i olish: hayvonlar emlanadi, Auyeski kasalligi tarqalgani aniqlangan xoʻjalik karantin zonasi deb e’lon qilinadi. Epizootiyaga qarshi chora-tadbirlar oʻtkaziladi. Kasal va tu-zalgan hayvonlar boshqa joyga olingach, molxonalar 1% li formaldegid erit-masi, yangi soʻndirilgan ohakning 20% eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |