Kontent qismiga oʻtish

Autogen mashq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Autogen mashq (grekcha: „autogenes“ – oʻzi bajaradigan), autotrening – ichki a’zolar funksiyasi, harakat faoliyati buzilganda oʻz-oʻzini ishontirish va oʻz-oʻzini boshqarish orqali shu holatdan forigʻ boʻlishga olib keladigan psixoterapiya (ruhiy davolash) usuli. Nemis olimi I. Shuls tomonidan taklif qilingan. Autogen mashq biror texnik moslama (xotira, diqqat trenajeri va boshqalar) yoki kishining oʻz xohish irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda bemorni oyoq-qoʻllarini boʻsh qoʻyishga, hech narsani oʻylamaslikka, faqat sogʻayib ketishga ishontirishga harakat qilinadi. Bu usul boshqa ruhiy davolash usullari bilan birga qoʻshib olib borilganda yaxshi naf be-radi. Asosan nev yuzlarda, ayniqsa uyqu buzilganda qoʻllanadi. Qisqa muddatli dam olish va boshqa hollarda sogʻlom kishilar ham undan foydalanadilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil