Auksoxromlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Auksoxromlar (yun. aixo – oʻstiraman va chroma – rang, boʻyoq) – Boʻyoqlarning boʻyalish xususiyatini kuchaytiruvchi, yaʼni ularning mato va gazlamalarga singish xususiyatini oshiruvchi kimyoviy guruhlar. Ularga gidroksil guruh (ON), amin guruh (NH2), imin guruh (NH), merkaptoguruh (CH) va boshqa kiradi. Auksoxromlar boʻyoqlarning rangini ochadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil