Auksinlar
Jump to navigation
Jump to search

Indolil-3-sirka kislotasi (geteroauksin)
Auksinlar (lot. aixo — oʻstiraman) — Oʻsimlik organizmida paydo boʻladigan, uning oʻsishi uchun zarur fiziologik faol moddalar. Hozir Auksinlarning uch xili maʼlum: ssauksin (auksentriol kislota — C18N3203), fiauksin (auksenolon kislota — C18N30O4) va geteroauksin (R-indolil-sirka kislota — C10H9O2N). Auksinlar kristall holda boʻladi. Geteroauksin sintetik yoʻl bilan hosil qilingan. Auksinlar oʻsimliklarning oʻsishini tezlatish, yangi ekilgan qalamchaning yaxshi ildiz otishi, daraxtdagi mevalarning barvaqt toʻkilishini toʻxtatish, baʼzan oʻsimlik hosildorligini oshirish uchun ishlatiladi (yana q. Oʻsishni boshqaruvchi moddalar)[1].
Manbalar[tahrir]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Havolalar[tahrir]
- «РОСТ И РАЗВИТИЕ РАСТЕНИЙ.» В. В. Чуб Arxivlandi 2007-01-20Wayback Machine saytida.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |