Auditorlik hisoboti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya xisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi mufassal maʼlumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi oʻtkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat boʻlgan va xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilarining umumiy yigʻilishiga yoʻllangan xujjat. Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Hisobotning har bir beti auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditor tomonidan imzolangan boʻlishi kerak („Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunining 18-moddasi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi