Atsiklik birikmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atsiklik birikmalar — Alifatik birikmalar — Uglerod atomlari oʻzaro ochiq zanjir hosil qilib birikkan organiq birikmalar Atsiklik birikmalar tabiiy gaz va neftda uchraydi. Biologik jarayonlarda katta rol oʻynaydi. Atsiklik birikmalarga jumladan yogʻlar va ularning metabolizm mahsulotlari, shuningdek oqsillar tarkibidagi koʻpchilik aminokislotalar va boshqalar kiradi. Koʻpchilik oʻsimliklarning efir moylari tarkibida atsiklik efirlar, aldegidlar, spirtlar va b. boʻladi. Yuqori molekulali Atsiklik birikmalar temperatura taʼsirida quyi molekulali birikmalarga parchalanadi, katalizatorlar ishtirokida esa bu jarayon pastroq temperaturada ham sodir boʻladi. Sanoatda koʻpchilik Atsiklik birikmalarni sintez qilish uchun olefinlar, atsetilen va is gazi boshlangʻich modda sifatida ishlatiladi. Koʻpchilik Atsiklik birikmalar sintetik kauchuk, sunʼiy tola, plastmassalar, dori-darmon va b. mahsulotlar olishda foydalaniladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil