Atrof tabiiy muhitni ifloslanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atrof tabiiy muhitni ifloslanishi — ekologik holatga salbiy taʼsir qiladigan moddalarning atrof muhitda mavjudligi. Atrof tabiiy muhitni ifloslanishi tabiiy resurslarning kamayib ketishidan tashqari, ekologik tizimlarning buzilishiga va energiya almashinuvining tabiiy holatda kechishiga jiddiy taʼsir qiladi. Atrof tabiiy muhitni ifloslanishi tabiiy moddalar tuproq, suv, yer osti boyliklari, atmosfera havosi tarkibining fizik va kimyoviy oʻzgarishiga olib keladi. Agar bunday oʻzgarish inson hayotining faoliyati bilan bogʻliq boʻlsa — antropogen ifloslanish, uning ishtirokisiz bogʻliq boʻlsa tabiiy ifloslanish deyiladi. Atrof tabiiy muhitning antropogen ifloslanishi umumiy ifloslanishning 90-97 %ni tashkil etadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi