Atrof tabiiy muhit monitoringi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Atrof tabiiy muhit monitoringi — atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning holatinin baholash, salbiy jarayonlarini prognoz qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida boshqa antropogen faoliyat taʼsiri va tabiiy resurslardan foydalanish tufayli atrof tabiiy muhitnning ifloslanishi va boshqa zararli taʼsirlarga uchrashi muntazam kuzatiladigan va tasdiqlangan dastur boʻyicha bajariladigan tizim hisoblanadi. Quyidagilar OʻzRda atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini asosiy vazifalari hisoblanadi: — atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini, shuningdek antropogen taʼsirlar ostida unda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatishni tashkil etish va yuritish; — atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash va prognoz qilish; — unda yuz berayotgan salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etish.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi